Maktab haqida
Nomi | 42-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabi |
Ta'lim muassasasining turi | Umumiy ta'lim muassasasi |
Tashkiliy tizim | Tarkibiy bo‘linma |
Mulkchilik shakli | Davlat mulki |
Ta'rif | Dehqonobod tuman XTBga qarashli 42 –umumiy o'rta ta'lim maktab TARIXI Maktab Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tuman Oqtosh MFYga qarashli Terskay qishlog'ida joylashgan bo'lib, 1938– yil 1– sentyabr` Hozirgi 42 umumiy o'rta ta'lim maktabi ( sobiq YA.M. Sverdlov nomli maktab) o'rnida 1937 yil Bolshvek kolxozi tomonidan qurilgan 6 xonali binoda daslabki sinflar sistemasiga asoslangan maktab o'z ish faoliyatini boshlaydi. Shuning uchun ham qishlog'imizda ilk bor “ maktablar“ shaklidagi kun deb nishonlanib kelinmoqda. 1938– 1940– yillarda maktabga mahalliy xalq orasidan birinchi bo'lib Hayitali Azizov domla direktorlik lavozimiga saylangan. Sinflar komplektlashtirilgan holda tashkillashtirilgan shuning uchun ham sinflar soni va o'quvchilar haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Chunki bu maktablar SSSR hukumati tomonidan axoli orasida savodsizlikni tugatish maqsadida qurilgan ilk maktablardan biri hisoblanadi. 1940– 1941– yillarda maktabga Jizzaxlik Barotov direktor, ilmiy mudir etib Toshkentlik Afandiev domillalar rahbarlik qilishgan. Ushbu yillarda maktab pedagogik jamoasi quyidagicha bo'lgan: Safar Keldiev, Hayitali Azizov, Hakim Nazarov, Umar Juraev, Arslanov, Bolta Ro'ziev, Alimqul G'o'chchiev, Yuldashov, Karim Musirov, Menglimamat Bo'taev va Imomqul G'o'chchievlar bo'lgan. 1939– 1940– o'quv yilida 7– sinfni bitirgan birinchi bitiruvchilar taxminan 19 nafarni tashkil etgan. 1940– 1941– o'quv yilida 7– sinfni bitirgan ikkinchi bitiruvchilar taxminan 22 nafarni tashkil etgan. 1941 yil Ulug' Vatan urushi boshlanganligi sababli 2–3 yil maktabda bitiruvchilar bo'lmagan. 1941– 1942 yillarda maktabimizga YA.M. Sverdlov nomi berilgan. Maktabga Sarg'oloq , Xo'jaqishloq, Oqrobot, Shomolikon qishloqlaridagi bolalar ham o'qishga tortilgan. 1961–1962 o'quv yilida maktab 7 yillikdan 8 yillikga aylantirilgan. 1962–1963 o'quv yilida maktabning 17 nafar o'quvchisi 8– sinfini tamomladi. 1962 yilda maktabning binosi tamirlanib, bino tomi shiferlandi. 1962 –1972 yillarda mahalliy kadrlardan oliy ma'lumotli matematik Ibrohim Mengliev maktabga direktorlik qilgan. Maktab kapital tamirlanib ustki qismi shiferlangan. Qo'shimcha kulub ishga tushirilgan. 1965– yili o'quvchilar soni oshib borganligi sababli yana qo'shimcha ikki xona qo'shilib ishga tushirilgan. Bunda usta Normat Qurbonov boshchiligidagi qurilish birigadasi ishtirok etgan. Maktabning yangi binosi 1968– 1972– yillari qurilib ishga tushirilgan. Maktab o'rta umumta'lim maktabi bo'lgan. Yangi maktab binosi Qarshi qorako'lchilik tresti orqali, Toshkentlik deputat Komol Alievich Alievning bevosita yordami bilan qurildi. 1972–1973– o'quv yilida birinchi o'rta ma'lumot olgan o'quvchilar soni 44 nafarni tashkil etgan. 1974– 1976– yilarda maktabga Ermat Qurbonov direktorlik qilgan. Uning direktorlik qilgan davrida yangi maktab binosining orqa tomonidan 6 xonali bino va sport zali qurilgan. 1987– yilda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ( Qashqadaryo viloyati hokimligida ishlagan paytida) maktabimizga tashrib buyurib toza ichimlik suvi yo'qligini ko'rib, uning yordamida toza ichimlik suvi turadigan xovuz qurilgan va vodaprovd quviri tortilib ishga tushirilgan. 1989 yildan 2013 yilgacha maktab direktorligini Normurodov Xoliqul Ergashovich boshqardi. 1992– yil 20 avgustdan boshlab maktabning YA.M. Sverdlov nomi o'zgartirilib Hayitmamat Jumaev nomi berildi. 2013 yil hozirgi maktab binosi kapital rekanstruksiya asosida 2 qavatli qilib qurildi. 2017 yil maktab sprt zali bolalar va o'smirlar sport jamg'armasi xisobidan qurildi. Hozirgi vaqtda maktab direktori vazifasini Mahmudov Abdirayim Alimqulovich bajarib kelmoqda. Maktabda 235 nafar o'quvchi taxsil olmoqda.
Maktab direktori:___________________ A.Mahmudov
Tarix fani o'qituvchisi:______________A.Yulliev
|
Aholi punkti | Karashina (Dehqonobod tumani, Qashqadaryo viloyati, O‘zbekiston) |
Hududiy bo‘ysinish | Dehqonobod tumani (Qashqadaryo viloyati) |
Boshqaruvchi tashkilot | Қашқадарё ВХТБ | Кашкадарьинская ОблУНО |
Ta'lim muassasasini tashkil etish sanasi | 01/09/1938 |
Xodimlar | 30 |
O‘quvchilar | 197 |
Maktab yangiliklari
Rahbariyat
-
Mahmudov Abdiraim Alimkulovich
Maktab rahbari
-
Eshqulov Akbar Ismoilovich
Direktor o‘rinbosari , O‘qituvchi
-
Tashmatov Ibragim Berdiyevich
Ma'naviy marifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
-
Butayev Yunus Xasanovich
O‘qituvchi, Boshqaruv xodimi
-
Xonimqulov Husniddin Abdirasulovich
O‘qituvchi, Boshqaruv xodimi
Administratorlar
Mahmudov Abdiraim Alimkulovich
Administrator (ma’muriyat)
Эшқулов Акбар Исмоилович
Administrator (ma’muriyat)
Eshqulov Akbar Ismoilovich
Administrator (ma’muriyat)
Aloqa uchun ma'lumotlar
- Manzil
Asosiy bino
Оқтош МФЙ Терскай қишлоғиAsosiy bino
Dehqonobod tuman Oqtosh MFY Terskay qishloqPochta manzili Оқтош МФЙ Терскай қишлоғи